- وعن ابن مسعود رضي الله عنه عن النبي صلى الله عليه وسلم قال: "لا حسد إلا فى اثنتين: رجل آتاه الله مالاً، فسلطه على هلكته فى الحق، ورجل آتاه الله حكمة، فهو يقضي بها ويعلمها" ((متفق عليه)).
Ibn Masʼud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Men Paygʻambar ﷺ ning shunday deganini eshitdim: «Faqat ikki (kishi)da hasad (gʻipta) (joiz): Alloh mol-dunyo bergan va uni toʻgʻri yoʻlda sarflaydigan kishi; hamda Alloh hikmat (yaʼni diniy ilm) bergan va u (shunga) qarab hukm qiladigan hamda uni boshqalarga oʻrgatadigan kishi».