- وعنه قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم : “أيكم مال وارثه أحب إليه من ماله؟” قالوا: يا رسول الله، ما منا أحد إلا ماله أحب إليه. قال: "فإن ماله ما قدم ومال وارثه ما أخر" ((رواه البخاري)).
(Abdulloh ibn Masʼud (roziyallohu anhu) aytdi:) Paygʻambar ﷺ: «Qaysingizga oʻz molidan koʻra vorisining moli sevimliroq?» dedilar. Ular: «Yo Rasululloh, bizdan birortamiz boʻlmaydiki, oʻz moli unga sevimliroq boʻlmasa», dedilar. U zot: «(Bilingki,) uning (haqiqiy) moli — (yaxshilikka) oldindan yuborgani; vorisining moli esa — (oʻzidan) keyinga qoldirganidir», dedilar.