- وعن سهل بن سعد رضي الله عنه أن رسول الله صلى الله عليه وسلم أتي بشراب، فشرب منه وعن يمينه غلام، وعن يساره الأشياخ، فقال للغلام:” أتأذن لى أن أعطي هؤلاء؟” فقال الغلام لا والله يا رسول الله، لا أؤثر منك أحداً، فتله رسول الله صلى الله عليه وسلم فى يده . ((متفق عليه)) .
“تله” بالتاء المثناه، فوق ، أى وضعه، وهذا الغلام هو ابن عباس رضي الله عنهما.
Sahl ibn Saʼd as-Soidiy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Allohning Rasuli ﷺ ga bir ichimlik (suvga aralashtirilgan sut) keltirildi va u zot undan biroz ichdilar. Uning oʻng tomonida bir bola, chap tomonida esa baʼzi qariyalar oʻtirgan edi. Allohning Rasuli ﷺ bolaga: «Men qolgan ichimlikni mana bu (qariya)larga berishimga ruxsat berasanmi?» — dedilar. Bola: «Yo Rasululloh, men siz ichgan (idish)dan qolganini ichishda — oʻzimdan boshqa hech kimni afzal koʻrmayman», — dedi. Bas, u zot uni unga (bolaga) berdilar.