- وعن أبي هريرة رضي الله عنه ، عن النبي صلى الله عليه وسلم قال: “بينما أيوب عليه السلام يغتسل عريانا، فخر عليه جراد من ذهب، فجعل أيوب يحثي فى ثوبه فناداه ربه عز وجل يا أيوب ألم أكن أغنيتك عما ترى؟! قال:بلى وعزتك، ولكن لا غنى بى عن بركتك، ((رواه البخاري)).
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ: «Ayyub alayhissalom yalangʻoch gusl qilayotganida, unga oltin chigirtkalar yogʻa boshladi. Ayyub ularni kiyimiga yigʻa boshladi. Robbi unga: ‹Ey Ayyub, Men senga bularga muhtoj boʻlmaydigan (qadar) bermaganmidim?› — dedi. Ayyub: ‹Ha, izzating bilan (qasam)! Lekin men Sening barakatingdan behojat (mustagʻni) boʻla olmayman›, — dedi», — dedilar.