وعن عائشة رضي الله عنها قالت: كان رسول الله صلى الله عليه وسلم كلما كان ليلتها من رسول الله صلى الله عليه وسلم يخرج من آخر الليل إلى البقيع، فيقول: السلام عليكم دار قوم مؤمنين، وأتاكم ما توعدون، غداً مؤجلون وإنا إن شاء الله بكم لاحقون، اللهم اغفر لأهل بقيع الغرقد” ((رواه مسلم)).
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ — har gal Rasululloh ﷺ ning (Oisha) huzurida boʻladigan kechasi kelganida — tunning oxirida Baqiʼ tomon chiqib, shunday derdilar: «Sizlarga salom boʻlsin, ey moʻminlar qavmining diyori! Sizlarga vaʼda qilingan narsa keldi, ertaga (qiyomatga qadar) muhlat berilgansiz. Va biz, inshoolloh, sizlarga qoʻshilguvchimiz. Allohim, Baqiʼul-Gʻarqad ahlini magʻfirat qilgin». Qutayba uning «sizlarga keldi» degan soʻzini keltirmadi.