- وعن بريدة رضي الله عنه قال: كان النبي صلى الله عليه وسلم يعلمهم إذا خرجوا إلى المقابر أن يقول قائلهم: “السلام عليكم أهل الديار من المؤمنين والمسلمين وإنا إن شاء الله بكم للاحقون، أسأل الله لنا ولكم العافية” ((رواه مسلم)).
Burayda (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ ular qabristonga chiqqanlarida, ulardan aytuvchisi shunday deyishini oʻrgatar edilar: «Assalomu alaykum, ahlad-diyor, minal-moʻminina val-muslimin, va inno in shoallohu bikum lalohiqun, asʼalullaha lana va lakumul-ofiyah» (Ey moʻmin va musulmon diyor ahli, sizlarga salom boʻlsin; biz ham, inshoalloh, sizlarga qoʻshilamiz; oʻzimiz va sizlar uchun Allohdan ofiyat soʻrayman).