- الثانى: عن أبي ذر جندب بن جنادة، وأبي عبد الرحمن معاذ بن جبل، رضي الله عنهما، عن رسول الله صلى الله عليه وسلم، قال: " اتق الله حيثما كنت واتبع السيئة الحسنة تمحها، وخالق الناس بخلق حسن" ((رواه الترمذي وقال حديث حسن )).
Abu Zarr (roziyallohu anhu) aytadi: Rasululloh ﷺ menga: «Qayerda boʻlsang ham, Allohdan qoʻrqgin, yomonlik (qilib qoʻyganing)ning ortidan yaxshilik qilgin, u (yaxshilik yomonlikni) oʻchiradi, odamlar bilan chiroyli xulq ila muomala qilgin», dedilar. Bu bobda Abu Hurayradan ham (rivoyat) bor. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan sahihdir. Mahmud aytdi: Vakiʼ Sufyondan, u Habib ibn Abu Sobitdan, u Maymun ibn Abu Shabibdan, u Muoz ibn Jabaldan, u Paygʻambar ﷺdan shu kabi rivoyat qildi. Mahmud aytdi: Sahihi — Abu Zarrning hadisidir.