- الثالث: عن ابن عباس، رضي الله عنهما، قال: " كنت خلف النبي، صلى الله عليه وسلم، يوماً فقال: " يا غلام إني أعلمك كلمات: "احفظ الله يحفظك، احفظ الله تجده تجاهك، إذا سألت فاسأل الله ، وإذا استعنت فاستعن بالله، واعلم: أن الأمة لو اجتمعت على أن ينفعوك بشيء، لم ينفعوك إلا بشيء قد كتبه الله لك، وإن اجتمعوا على أن يضروك بشيء، لم يضروك بشيء إلا بشيء قد كتبه الله عليك؛ رفعت الأقلام، وجفت الصحف" ((رواه الترمذي وقال حديث حسن صحيح)) .
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: U aytdi: Bir kuni men Rasululloh ﷺning ortlarida edim. U zot: «Ey bola! Men senga bir necha kalimani oʻrgataman: Allohni (Uning amrlarini) saqla, U seni saqlaydi. Allohni saqla, Uni oldingda topasan. Soʻraganingda Allohdan soʻra, yordam istaganingda Allohdan yordam ista. Bilginki, agar butun ummat senga biror narsa bilan foyda yetkazmoqchi boʻlib jamlansa ham, Alloh sen uchun yozib qoʻygan narsadan boshqa narsa bilan senga foyda yetkaza olmaydi. Agar senga biror narsa bilan zarar yetkazmoqchi boʻlib jamlansalar ham, Alloh senga (taqdir qilib) yozib qoʻygan narsadan boshqa narsa bilan senga zarar yetkaza olmaydilar. Qalamlar koʻtarildi va sahifalar quridi», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan sahihdir.