- وعن أنس رضي الله عنه قال: كانت ناقة رسول الله صلى الله عليه وسلم: العضباء لا تسبق، أو لا تكاد تسبق فجاء أعرابي على قعود له، فسبقها، فشق ذلك على المسلمين حتى عرفه، النبي صلى الله عليه وسلم فقال: “حق على الله أن لا يرتفع شئ من الدنيا إلا وضعه” ((رواه البخاري)).
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺning Azbo nomli tuyalari bor edi, u (poygada) oʻtib ketilmas, yoki oʻtib ketilishi qiyin edi. Bir aʼrobiy oʻz tuyasida kelib, uni oʻtib ketdi. Bu musulmonlarga ogʻir botdi, hatto Nabiy ﷺ buni sezib: «Dunyoda biror narsa koʻtarilsa, albatta Alloh uni past qilishi — Allohning haqqidir», dedilar.