- وعن عبد الله بن مسعود رضي الله عنه عن النبى صلى الله عليه وسلم قال: “لا يدخل الجنة من كان في قلبه مثقال ذرة من كبر” فقال رجل” إن الرجل يحب أن يكون ثوبه حسناً ونعله حسناً؟ قال: “إن الله جميل يحب الجمال الكبر بطر الحق وغمط الناس” ((رواه مسلم)).
Abdulloh ibn Masʼud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ: «Qalbida zarra misqolicha kibr boʻlgan kishi jannatga kirmaydi», dedilar. Bir kishi: «Kishi kiyimi chiroyli, kavushi chiroyli boʻlishini yaxshi koʻradi-ku (bu kibrmi)?» dedi. (Paygʻambar): «Albatta Alloh goʻzaldir, goʻzallikni yaxshi koʻradi. Kibr — haqni rad etish (mensimaslik) va odamlarni (kamsitib) past koʻrishdir», dedilar.