- وعن سلمه بن الأكوع رضي الله عنه أن رجلاً أكل عند رسول الله صلى الله عليه وسلم بشماله، فقال: “كل بيمينك” قال: لا أستطيع! قال: “لا اتسطعت” ما منعه إلا الكبر. قال: فما رفعه إلى فيه”. ((رواه مسلم)).
Salama ibn al-Akvaʼ (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: bir kishi Rasululloh ﷺ ning huzurida chap qoʻli bilan yedi. Shunda u zot: «Oʻng qoʻling bilan ye», — dedilar. U: «Qodir emasman», dedi. (U zot:) «Qodir boʻlmay qol!» — dedilar. Uni faqat kibr (manmanlik) toʻsdi, xolos. (Roviy) dedi: Bas, u (boshqa) uni (oʻng qoʻlini) ogʻziga koʻtara olmadi.