- وعنها قالت: ما ضرب رسول الله صلى الله عليه وسلم شيئاً قط بيده، ولا امرأة ولا خادماً، إلا أن يجاهد في سبيل الله، وما نيل منه شئ قط فينتقم من صاحبه، إلا أن ينتهك شئ من محارم الله تعالى، فينتقم لله تعالى. ((رواه مسلم)).
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ qoʻllari bilan hech qachon biron narsani urmadilar, na ayolni, na xizmatkorni — faqat Alloh yoʻlida jihod qilgan holatlari bundan mustasno. Va u zotga hech qachon biron (ozor) yetkazilib, uning egasidan intiqom olganlari boʻlmadi, faqat Allohning harom qilgan narsalaridan biri buzilgan boʻlsa, Alloh azza va jalla uchun intiqom olardilar.