- وعن عائشة رضي الله عنها قالت: قدم رسول الله صلى الله عليه وسلم من سفر وقد سترت سهوة لى بقرام فيه تماثيل، فلما رآه رسول الله صلى الله عليه وسلم هتكه وتلون وجهه وقال: “يا عائشة: أشد الناس عذابا عند الله يوم القيامة الذين يضاهون بخلق الله” ((متفق عليه)).
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ huzurimga kirib keldilar, men devordagi tokchamni suratlar tushirilgan matoyi parda bilan toʻsib qoʻygan edim. Bu zot uni koʻrishlari bilan, uni yulqib tashladilar, yuzlari oʻzgarib: «Yo Oisha! Qiyomat kuni Alloh huzurida odamlarning eng qattiq azoblanadigani — Allohning yaratganiga oʻxshatib (surat) yasaydiganlardir», — dedilar. Oisha aytadi: Biz uni kesib, undan bir yoki ikkita yostiq qildik.