- وعنها أن قريشاً أهمهم شأن المرأة المخزومية التى سرقت فقالوا: من يكلم فيها رسول الله صلى الله عليه وسلم؟ فقالوا: من يجترئ عليه إلا أسامة بن زيد حب رسول الله صلى الله عليه وسلم؟ فكلمة أسامة، فقال رسول الله صلى الله عليه وسلم: “أتشفع في حد من حدود الله تعالى؟!” ثم قام فاختطب ثم قال: “إنما أهلك من قبلكم أنهم كانوا إذا سرق فيهم الشريف تركوه، وإذا سرق فيهم الضعيف أقاموا عليه الحد! وايم الله، لو أن فاطمة بنت محمد سرقت لقطعت يدها” ((متفق عليه)) .
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Oʻgʻirlik qilgan Maxzumiy (qabilasidan boʻlgan) ayolning ishi Quraysh (ahli)ni tashvishga soldi. Ular: «Bu (ayol) haqida Rasululloh ﷺ bilan kim gaplashadi?» deyishdi. Ular: «Rasululloh ﷺning suyukli kishisi Usoma ibn Zayddan boshqa kim unga (gapirishga) jurʼat etadi?» deyishdi. Shunday qilib, Usoma u zot bilan gaplashdi. Shunda Rasululloh ﷺ: «Allohning hadlaridan bir had haqida shafoat qilyapsanmi?» dedilar. Soʻng (u zot) oʻrinlaridan turib xutba qildilar va: «Sizlardan oldingilarni shu narsa halok qilgan: ular orasida obroʻli kishi oʻgʻirlik qilsa, uni qoʻyib yuborardilar, ojiz kishi oʻgʻirlik qilsa, unga had joriy qilardilar. Alloh nomi bilan qasamki, agar Muhammadning qizi Fotima oʻgʻirlik qilsa ham, albatta uning qoʻlini kesardim», dedilar. (Roviy) aytdi: Bu bobda Masʼud ibn al-Ajmoʼ — Masʼud ibn al-Aʼjam ham deyiladi — va Ibn Umar va Jobirdan ham (rivoyat) bor. Abu Iso aytdi: Oishaning hadisi hasan sahih hadisdir.