- وعن أبى هريرة رضي الله عنه قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: "كانت بنو إسرائيل تسوسهم الأنبياء، كلما هلك نبى خلفه نبى، وإنه لا نبى بعدى وسيكون بعدى خلفاء فيكثرون” قالوا: يا رسول الله فما تأمرنا؟ قال: "أوفوا ببيعة الأول فالأول، ثم أعطوهم حقهم، واسألوا الله الذى لكم ، فإن الله سائلهم عما استرعاهم” ((متفق عليه))
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ: «Bani Isroil — paygʻambarlar tomonidan boshqarilar va hidoyat qilinardi: qachon bir paygʻambar vafot etsa, boshqasi uning oʻrnini egallardi. Mendan keyin paygʻambar boʻlmaydi, lekin — soni koʻpayib boradigan — xalifalar boʻladi», — dedi. Odamlar: «Yo Rasululloh! Bizga nima qilishni buyurasiz?» — dedi. U zot: «Birinchi boʻlib bayʼat berilgan (xalifa)ga itoat qilinglar. Ularning (yaʼni xalifalarning) haqqini ado etinglar — chunki Alloh ulardan — Oʻzi ularning qoʻliga (qaramogʻiga) bergan (kishilarni) boshqarish haqida — soʻraydi», — dedi.