- وعن عائذ بن عمرو رضي الله عنه أنه دخل على عبيد الله بن زياد، فقال له: أى بنى، إنى سمعت رسول الله صلى الله عليه وسلم يقول: “إن شر الرعاء الحطمة” فإياك أن تكون منهم. ((متفق عليه))
Oiz ibn Amr (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Oiz ibn Amr — u Rasululloh ﷺ ning sahobalaridan edi — Ubaydulloh ibn Ziyodning oldiga kirib: «Ey oʻgʻilcham! Men Rasululloh ﷺ ni: ‹Albatta, choʻponlarning (raiyatga rahbarlik qiluvchilarning) eng yomoni shafqatsiz (raiyatni ezuvchi) hokimdir; sen ulardan boʻlishdan saqlan!› deganlarini eshitganman», dedi. (Ubaydulloh) unga: «Oʻtir! Sen Muhammad ﷺ sahobalarining kepagi (puch donasi)dansan, xolos», dedi. Shunda (Oiz): «Ularda kepak boʻlganmi? Kepak faqat ulardan keyin va ulardan boshqalarda boʻlgan», dedi.