- وعن أبى مريم الأزدى رضي الله عنه أنه قال لمعاوية رضي الله عنه سمعت رسول الله صلى الله عليه وسلم يقول: “من ولاه الله شيئاً من أمور المسلمين، فاحتجب دون حاجتهم وخلتهم وفقرهم، احتجب الله دون حاجته وخلته وفقره يوم القيامة” فجعل معاوية رجلا على حوائج الناس. ((رواه أبو داود والترمذي)).
Abu Maryam al-Azdiy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi. U dedi: Men Muoviyaning huzuriga kirdim. U: «Sening tashrifing bizni qanchalik xursand qildi, ey falonchining otasi!» dedi — bu arablar aytadigan bir soʻzdir. Men: «Eshitgan bir hadisni senga aytib beraman. Men Rasululloh ﷺning: ‹Kimni Alloh azza va jalla musulmonlar ishlaridan biror narsaga voliy qilib qoʻysa-yu, u ularning hojati, ehtiyoji va kambagʻalligidan (yuz oʻgirib) berkinib olsa, Alloh ham undan uning hojati, ehtiyoji va kambagʻalligida berkinadi (yuz oʻgiradi)›, deyotganlarini eshitdim», dedim. (Rovi) dedi: Shunda u (Muoviya) odamlarning hojatlariga (qaraydigan) bir kishini tayinladi.