- وعن أبى هنيدة وائل بن حجر رضي الله عنه قال: سأل سلمة بن يزيد الجعفي رسول الله صلى الله عليه وسلم ، فقال: يا نبي الله، أرأيت إن قامت علينا امراء يسألونا حقهم، ويمنعونا حقنا، فما تأمرنا؟ فأعرض عنه، ثم سأله، فقال رسول الله صلى الله عليه وسلم “اسمعوا وأطيعو؛ فإنما عليهما حملوا، وعليكم ماحملتم” ((رواه مسلم)).
Voil ibn Hujr (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Salama ibn Yazid al-Juʼfiy Rasulullohdan ﷺ soʻrab: «Yo Nabiyalloh! Aytingchi, agar bizning ustimizga shunday amirlar tursaki, ular bizdan oʻz haqlarini soʻrasalar-u, bizning haqimizni bermasalar, bizga nima buyurasiz?» — dedi. U zot undan yuz oʻgirdilar. Soʻng yana soʻradi, yana yuz oʻgirdilar. Soʻng ikkinchi yoki uchinchi marta soʻraganida, Ashʼas ibn Qays uni tortdi (silkitdi). U zot: «Eshitinglar va itoat qilinglar! Albatta ularning zimmasida oʻzlariga yuklangan (vazifa), sizlarning zimmangizda esa oʻzingizga yuklangan (vazifa) bor», — dedilar.