- وعن عبد الله بن مسعود رضي الله عنه قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم : “إنها ستكون بعدى أثرة، وأمور تنكرونها!” قالوا: يا رسول الله، كيف تأمر من أدرك منا ذلك؟ قال: “تؤدون الحق الذى عليكم، وتسألون الله الذى لكم” ((متفق عليه)) .
Abdulloh ibn Masʼud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Albatta mendan keyin (oʻzganing haqqini) oʻziga olib qoʻyish (asara) va sizlar inkor qiladigan (yoqtirmaydigan) ishlar boʻladi», — dedilar. (Sahobalar): «Yo Rasululloh! Bizdan kim shunga yetishsa, unga nima buyurasiz?» — deyishdi. U zot: «Zimmangizdagi haqni ado etasiz va Allohdan oʻzingizga tegishli (haq)ni soʻraysiz», — dedilar.