- وعنه قال: قلت يا رسول الله ألا تستعملني؟ فضرب بيده على منكبي ثم قال: “يا أبا ذر إنك ضعيف، وإنها أمانة، وإنها يوم القيامة خزي وندامة، إلا من أخذها بحقها، وأدى الذى عليه فيها” ((رواه مسلم)).
Abu Zarr (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Ey Allohning Rasuli, meni (biror mansabga) tayinlamaysizmi?» dedim. Shunda u zot qoʻllari bilan yelkamga urib: «Ey Abu Zarr, sen zaifsan, bu esa omonatdir. U qiyomat kuni xorlik va nadomatdir. Faqat uni haqqi bilan olib, undagi (masʼuliyat)ni ado etgan kishigina bundan mustasno», dedilar.