- وعن أبى هريرة رضي الله عنه أن رسول الله صلى الله عليه وسلم قال: “إنكم ستحرصون على الإمارة، وستكون ندامة يوم القيامة” ((رواه البخارى)).
(Abu Hurayra (roziyallohu anhu) Paygʻambar ﷺdan rivoyat qiladi:) U zot: «Albatta, sizlar imoratga (hokimlikka) ochkoʻzlik (hirs) qilasizlar; (lekin) u Qiyomat kuni nadomat (pushaymonlik) boʻladi. (U) — naqadar yaxshi emizuvchi (boshlanishi shirin), naqadar yomon koʻkrakdan ajratuvchi (oqibati achchiq)dir!», dedilar. (Muhammad ibn Bashshor aytdi: Bizga Abdulloh ibn Humron, (unga) Abdulhamid, (u) Said al-Maqburiydan, (u) Umar ibn Hakamdan, (u) Abu Hurayradan uning (oʻz) soʻzini (mavquf) rivoyat qildi.)