- وأما الأحاديث فالأول: عن أبي هريرة رضي الله عنه قال: قيل : يا رسول الله من أكرم الناس؟ قال: "أتقاهم". فقالوا: ليس عن هذا نسألك، قال: " فيوسف نبي الله بن نبي الله بن نبي الله بن خليل الله" قالوا: ليس عن هذا نسألك، قال: "فعن معادن العرب تسألوني؟ خيارهم في الجاهلية خيارهم في الإسلام إذا فقهواً : ((متفق عليه)) .
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Yo Rasululloh! Odamlarning eng karamlisi kim?» — deyildi. U zot: «Eng taqvodorlari», — dedilar. Ular: «Biz Sizdan bu haqda soʻrayotganimiz yoʻq», — dedilar. U zot: «Unda (eng karamlisi) Yusuf — Allohning paygʻambari, Allohning paygʻambari (Yaʼqub)ning oʻgʻli, Allohning paygʻambari (Isʼhoq)ning oʻgʻli, Allohning xalili (Ibrohim)ning oʻgʻli», — dedilar. Ular: «Biz Sizdan bu haqda soʻrayotganimiz yoʻq», — dedilar. U zot: «Unda mendan arablarning kelib chiqishi (nasl-nasabi) haqida soʻrayapsizlarmi? Ularning johiliyatdagi yaxshilari, agar (din)ni yaxshi anglab yetsalar, Islomda ham yaxshilaridir», — dedilar.