- الثاني: عن أبي سعيد الخدري رضي الله عنه عن النبي صلى الله عليه وسلم قال: " إن الدنيا حلوة خضرة، وإن الله مستخلفكم فيها فينظر كيف تعملون، فاتقوا الدنيا واتقوا النساء؛ فإن أول فتنة بني إسرائيل كانت في النساء" ((رواه مسلم)).
Abu Said al-Xudriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ: «Albatta, dunyo shirin va koʻm-koʻkdir. Va albatta, Alloh sizlarni unda oʻrinbosar qiluvchidir; bas, U qanday amal qilishlaringizga nazar soladi. Shu sababli dunyodan ehtiyot boʻlinglar va ayollardan ehtiyot boʻlinglar; chunki Bani Isroilning birinchi fitnasi ayollar (sababidan) boʻlgan edi», — dedilar.