- الرابع: عن أبي ظريف عدي بن حاتم الطائي رضي الله عنه قال: سمعت رسول الله صلى الله عليه وسلم يقول: "من حلف على يمين ثم رأى أتقى لله منها فليأت التقوى" ((رواه مسلم)).
Adiy ibn Hotim (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Adiy ibn Hotim oldiga bir soʻrovchi keldi va undan xizmatkor narxiga yoki xizmatkor narxining bir qismiga (yetadigan) sadaqa soʻradi. Shunda (Adiy): «Mende senga beradigan narsa yoʻq, faqat sovutim va dubulgʻam bor. Men ahlimga (xat) yozaman, ular buni senga berishadi», dedi. U (soʻrovchi) bunga rozi boʻlmadi. Shunda Adiy gʻazablandi va: «Vallohi, men senga hech narsa bermayman!» dedi. Soʻng u kishi rozi boʻldi. Shunda (Adiy): «Vallohi, agar men Rasululloh ﷺ ning: ‹Kim bir qasam ichib, soʻng undan boshqasini Alloh uchun taqvoga yaqinroq deb koʻrsa, taqvoni (oʻsha yaxshiroq ishni) qilsin› deganlarini eshitmaganimda edi, qasamimni buzmagan boʻlardim», dedi.