- الخامس: عن أبي أمامة صدي بن عجلان الباهلي رضي الله عنه قال: سمعت رسول الله صلى الله عليه وسلم يخطب في حجة الوداع فقال : اتقوا الله ، وصلوا خمسكم، وصوموا شهركم، وأدوا زكاة أموالكم، وأطيعوا أمراءكم، تدخلوا جنة ربكم" ((رواه الترمذي، في آخر كتاب الصلاة وقال : حديث حسن صحيح)).
Abu Umoma (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Men Rasululloh ﷺni Vidolashuv hajida xutba qilayotganlarini eshitdim, u zot: «Robbingiz boʻlmish Allohdan qoʻrqinglar, besh (vaqt namoz)ingizni oʻqinglar, oyingizni roʻza tutinglar, mol-mulkingizning zakotini bering va ish boshlaringizga itoat qilinglar — Robbingizning jannatiga kirasizlar», dedilar. (Roviy) aytdi: Men Abu Umomaga: «Bu hadisni Rasululloh ﷺdan eshitganingizga qancha boʻldi?» dedim. U: «Buni oʻttiz yoshimda eshitganman», dedi. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan sahihdir.