- الخامس: عن أنس رضي الله عنه، أن رسول الله صلى الله عليه وسلم أخذ سيفاً يوم أحد فقال: " من يأخذ مني هذا؟ فبسطوا أيديهم، كل إنسان منهم يقول: أنا أنا. قال: "فمن يأخذه بحقه؟" فأحجم القوم، فقال أبو دجانة رضي الله عنه: أنا آخذه بحقه، فأخذه ففلق به هام المشركين. ((رواه مسلم)).
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ Uhud kuni bir qilichni qoʻllariga olib: «Buni mendan kim oladi?» — dedilar. Shunda ular qoʻllarini choʻzishdi va ulardan har bir kishi: «Men, men!» — der edi. (Rasululloh ﷺ): «Uni haqqi bilan kim oladi?» — dedilar. (Roviy) aytdi: Shunda jamoa (olishdan) tortindi. Bas, Simok ibn Xarasha — Abu Dujona: «Men uni haqqi bilan olaman», — dedi. (Roviy) aytdi: Soʻng u (qilichni) oldi va u bilan mushriklarning boshlarini yorib tashladi.