حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ عُبَيْدِ اللهِ الْمُحَارِبِيُّ، قَالَ: حَدَّثَنَا عَبْدُ الْعَزِيزِ بْنُ أَبِي حَازِمٍ، عَنْ مُوسَى بْنِ عُقْبَةَ، عَنْ نَافِعٍ، عَنِ ابْنِ عُمَرَ، قَالَ: اتَّخَذَ رَسُولُ اللهِ صلى الله عليه وسلم خَاتَمًا مِنْ ذَهَبٍ، فَكَانَ يَلْبَسُهُ فِي يَمِينِهِ، فَاتَّخَذَ النَّاسُ خَوَاتِيمَ مِنْ ذَهَبٍ فَطَرَحَهُ صلى الله عليه وسلم، وَقَالَ: لا أَلْبَسُهُ أَبدًا فَطَرَحَ النَّاسُ خَوَاتِيمَهُمْ.
Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadiki, Nabiy ﷺ oltindan uzuk yasatdilar va uni oʻng qoʻllariga taqdilar, soʻngra minbarga oʻtirib: «Men bu uzukni oʻng qoʻlimga taqib yurardim», dedilar. Soʻng uni tashlab yubordilar, odamlar ham oʻz uzuklarini tashlab yuborishdi. (Abu Iso) aytdi: Bu bobda Ali, Jobir, Abdulloh ibn Jaʼfar, Ibn Abbos, Oisha va Anasdan ham (rivoyatlar) bor. Abu Iso aytdi: Ibn Umarning hadisi hasan sahih hadisdir. Bu hadis Nofiʼdan, undan Ibn Umardan boshqa vajh bilan ham shunga oʻxshash rivoyat qilingan, ammo unda uzukni oʻng qoʻliga taqqani zikr qilinmagan.