حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ بَشَّارٍ، قَالَ: حَدَّثَنَا وَهْبُ بْنُ جَرِيرٍ، قَالَ: حَدَّثَنَا أَبِي، عَنْ قَتَادَةَ، عَنْ أَنَسٍ، قَالَ: كَانَتْ قَبِيعَةُ سَيْفِ رَسُولِ اللهِ صلى الله عليه وسلم مِنْ فِضَّةٍ.
Anas (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺning qilichlarining qabzasi (dastasi) kumushdan edi. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan gʻaribdir. Shuningdek, u Hammomdan, u Qatodadan, u Anasdan (shu tarzda) rivoyat qilingan. Baʼzilar esa uni Qatodadan, u Said ibn Abul-Hasandan rivoyat qilib: «Rasululloh ﷺning qilichlarining qabzasi kumushdan edi», degan.