حَدَّثَنَا قُتَيْبَةُ بْنُ سَعِيدٍ، قَالَ: حَدَّثَنَا الْمُفَضَّلُ بْنُ فَضَالَةَ، عَنْ عُقَيْلٍ، أُرَاهُ عَنِ الزُّهْرِيِّ، عَنْ عُرْوَةَ، عَنْ عَائِشَةَ، قَالَتْ: كَانَ رَسُولُ اللهِ صلى الله عليه وسلم، إِذَا أَوَى إِلَى فِرَاشِهِ كُلَّ لَيْلَةٍ جَمَعَ كَفَّيْهِ فَنَفَثَ فِيهِمَا، وَقَرَأَ فِيهِمَا: قُلْ هُوَ اللَّهُ أَحَدٌ وَ قُلْ أَعُوذُ بِرَبِّ الْفَلَقِ وَ قُلْ أَعُوذُ بِرَبِّ النَّاسِ، ثُمَّ مَسَحَ بِهِمَا مَا اسْتَطَاعَ مِنْ جَسَدِهِ، يَبْدَأُ بِهِمَا رَأْسَهُ وَوَجْهَهُ وَمَا أَقْبَلَ مِنْ جَسَدِهِ، يَصْنَعُ ذَلِكَ ثَلاثَ مَرَّاتٍ.
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ har kecha oʻrinlariga yotganlarida, ikki kaftlarini birlashtirib, soʻng ularga puflar va ularga {Qul huvallohu ahad}ni, {Qul aʼuzu bi-Rabbil falaq}ni va {Qul aʼuzu bi-Rabbin-nas}ni oʻqir edilar. Soʻng ular bilan tanalarining yetgan joyini, bosh va yuzlaridan hamda tanalarining old tomonidan boshlab silar edilar. Buni uch marta qilar edilar.