حَدَّثَنَا أَحْمَدُ بْنُ مَنِيعٍ، قَالَ: حَدَّثَنَا هُشَيْمٌ، قَالَ: حَدَّثَنَا خَالِدٌ الْحَذَّاءُ، عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ شَقِيقٍ، قَالَ: سَأَلْتُ عَائِشَةَ، عَنْ صَلاةِ رَسُولِ اللهِ صلى الله عليه وسلم، عَنْ تَطَوُّعِهِ، فَقَالَتْ: كَانَ يُصَلِّي لَيْلا طَوِيلا قَائِمًا، وَلَيْلا طَوِيلا قَاعِدًا، فَإِذَا قَرَأَ وَهُوَ قَائِمٌ رَكَعَ وَسَجَدَ وَهُوَ قَائِمٌ، وَإِذَا قَرَأَ وَهُوَ جَالِسٌ رَكَعَ وَسَجَدَ وَهُوَ جَالِسٌ.
Abdulloh ibn Shaqiq (rahimahulloh) aytdi: Men Oisha (roziyallohu anho)dan Rasululloh ﷺning namozlari — nafllari haqida soʻradim. U: «Ular kechasi uzoq vaqt tik turgan holda, kechasi uzoq vaqt oʻtirgan holda namoz oʻqirdilar. Tik turgan holda qiroat qilsalar, tik turgan holda rukuʼ va sajda qilardilar, oʻtirgan holda qiroat qilsalar, oʻtirgan holda rukuʼ va sajda qilardilar», dedi. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan sahih hadisdir.