حَدَّثَنَا عَبْدُ بْنُ حُمَيْدٍ، حَدَّثَنَا عَبْدُ الرَّزَّاقِ، عَنْ مَعْمَرٍ، عَنْ بَهْزِ بْنِ حَكِيمٍ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ جَدِّهِ، أَنَّهُ سَمِعَ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم يَقُولُ فِي قَوْلِهِ : ( كُنْتُمْ خَيْرَ أُمَّةٍ أُخْرِجَتْ لِلنَّاسِ ) قَالَ " إِنَّكُمْ تُتِمُّونَ سَبْعِينَ أُمَّةً أَنْتُمْ خَيْرُهَا وَأَكْرَمُهَا عَلَى اللَّهِ " . هَذَا حَدِيثٌ حَسَنٌ . وَقَدْ رَوَى غَيْرُ وَاحِدٍ هَذَا الْحَدِيثَ عَنْ بَهْزِ بْنِ حَكِيمٍ نَحْوَ هَذَا وَلَمْ يَذْكُرُوا فِيهِ ( كُنْتُمْ خَيْرَ أُمَّةٍ أُخْرِجَتْ لِلنَّاسِ ) .
Muoviya ibn Hayda (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: U Nabiy ﷺning Alloh taoloning: {Sizlar odamlar uchun chiqarilgan eng yaxshi ummat boʻldingiz} (Oli Imron 110) degan oyati haqida shunday deganlarini eshitdi: «Albatta, sizlar yetmish ummatni toʻldiruvchidirsizlar (yakunlovchidirsizlar). Sizlar ularning eng yaxshisi va Allohning huzurida eng karamlisidirsizlar». Bu hadis hasandir. Bu hadisni bir necha (roviy) Bahz ibn Hakimdan shunga oʻxshash rivoyat qilishgan, lekin ularda {Sizlar odamlar uchun chiqarilgan eng yaxshi ummat boʻldingiz} (oyatini) zikr qilishmagan.