حَدَّثَنَا أَحْمَدُ بْنُ مَنِيعٍ، حَدَّثَنَا هُشَيْمٌ، أَخْبَرَنَا حُمَيْدٌ، عَنْ أَنَسٍ، أَنَّ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم كُسِرَتْ رَبَاعِيَتُهُ يَوْمَ أُحُدٍ وَشُجَّ وَجْهُهُ شَجَّةً فِي جَبْهَتِهِ حَتَّى سَالَ الدَّمُ عَلَى وَجْهِهِ فَقَالَ " كَيْفَ يُفْلِحُ قَوْمٌ فَعَلُوا هَذَا بِنَبِيِّهِمْ وَهُوَ يَدْعُوهُمْ إِلَى اللَّهِ " . فَنَزَلَتْ : ( لَيْسَ لَكَ مِنَ الأَمْرِ شَيْءٌ أَوْ يَتُوبَ عَلَيْهِمْ أَوْ يُعَذِّبَهُمْ ) إِلَى آخِرِهَا . قَالَ أَبُو عِيسَى هَذَا حَدِيثٌ حَسَنٌ صَحِيحٌ .
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Uhud kuni Nabiy ﷺning kurak tishlari singan va yuzlari, peshonalaridan qonlari yuzlariga oqib ketguncha yaralangan edi. Shunda u zot: «Oʻzlarini Allohga daʼvat etayotgan paygʻambarlariga shunday qilgan qavm qanday najot topadi?» dedilar. Bas, ushbu (oyat) nozil boʻldi: {(Ey Paygʻambar,) bu ishda sening (ixtiyoringda) hech narsa yoʻq, yo (Alloh) ularning tavbasini qabul qiladi yo ularni azoblaydi} (Oli Imron 128) oxirigacha. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan sahihdir.