حَدَّثَنَا ابْنُ أَبِي عُمَرَ، حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، عَنِ ابْنِ أَبِي نَجِيحٍ، عَنْ مُجَاهِدٍ، عَنْ أُمِّ سَلَمَةَ، أَنَّهَا قَالَتْ يَغْزُو الرِّجَالُ وَلاَ يَغْزُو النِّسَاءُ وَإِنَّمَا لَنَا نِصْفُ الْمِيرَاثِ . فَأَنْزَلَ اللَّهُ : (وَلاَ تَتَمَنَّوْا مَا فَضَّلَ اللَّهُ بِهِ بَعْضَكُمْ عَلَى بَعْضٍ ) . قَالَ مُجَاهِدٌ فَأُنْزِلَ فِيهَا : ( إِنَّ الْمُسْلِمِينَ وَالْمُسْلِمَاتِ ) وَكَانَتْ أُمُّ سَلَمَةَ أَوَّلَ ظَعِينَةٍ قَدِمَتِ الْمَدِينَةَ مُهَاجِرَةً . قَالَ أَبُو عِيسَى هَذَا حَدِيثٌ مُرْسَلٌ . وَرَوَاهُ بَعْضُهُمْ عَنِ ابْنِ أَبِي نَجِيحٍ عَنْ مُجَاهِدٍ مُرْسَلٌ أَنَّ أُمَّ سَلَمَةَ قَالَتْ كَذَا وَكَذَا .
Mujohid (rahimahulloh) Umm Salama (roziyallohu anho)dan rivoyat qiladi: U: «Erkaklar gʻazot qiladi, ayollar gʻazot qilmaydi, bizga esa merosning yarmi (beriladi)», dedi. Shunda Alloh: {Alloh ayrimlaringizni ayrimlaringizdan ortiq qilib qoʻygan narsani orzu qilmanglar} (Niso 32) (oyatini) nozil qildi. Mujohid aytdi: Shu (xususda): {Albatta, musulmon erkaklar va musulmon ayollar...} (Ahzob 35) (oyati) nozil qilindi. Umm Salama Madinaga hijrat qilib kelgan birinchi (kajavali) ayol edi. Abu Iso aytdi: Bu hadis mursaldir. Baʼzilar uni Ibn Abu Najihdan, u Mujohiddan mursal tarzda — Umm Salama shunday-shunday dedi, deb rivoyat qilgan.