QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yunus surasi · Oyatсураси · Оят100

وَمَا كَانَ لِنَفْسٍ أَن تُؤْمِنَ إِلَّا بِإِذْنِ ٱللَّهِ ۚ وَيَجْعَلُ ٱلرِّجْسَ عَلَى ٱلَّذِينَ لَا يَعْقِلُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Allohning iznisiz hech bir jon mo`min bo`la olmas. U aql yurgizmaydiganlarga o`ta ifloslikni ravo ko`rur.Аллоҳнинг изнисиз ҳеч бир жон мўмин бўла олмас. У ақл юргизмайдиганларга ўта ифлосликни раво кўрур.Alauddin Mansour: Allohning iznu irodasisiz hech bir jon moʻmin boʻla olmas. U (Alloh) aql yurgizmaydigan kimsalarni azobga duchor qilur.Аллоҳнинг изну иродасисиз ҳеч бир жон мўмин бўла олмас. У (Аллоҳ) ақл юргизмайдиган кимсаларни азобга дучор қилур.

220-sahifa · 11-juz · 22-hizb220-саҳифа · 11-жуз · 22-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمَاva emasва эмасكَانَmumkinмумкинلِنَفْسٍhech bir jon uchunҳеч бир жон учунأَن-ki-киتُؤْمِنَiymon keltirishiиймон келтиришиإِلَّاmagar faqatмагар фақатبِإِذْنِizni ilaизни илаٱللَّهِ ۚAllohningАллоҳнингوَيَجْعَلُva U ravo koʻrurва У раво кўрурٱلرِّجْسَoʻta ifloslikniўта ифлосликниعَلَىustigaустигаٱلَّذِينَkimsalarкимсаларلَاemasэмасيَعْقِلُونَaql yurgizadiganақл юргизадиган
TafsirТафсир

Yaʼni, har bir inson iymonga erishish uchun Alloh izn etgan yoʻldan yurishi kerak. U koʻrsatgan amallarni qilishi kerak. Misol uchun, Alloh bergan aqlni ishlatib, atrofdagi oyat-dalillarni tushunib yetib, iymonga yuzlanishi kerak. Aqlni ishlatmasa, oʻziga ibrat olmasa, ishi rasvo boʻladi. Notoʻgʻri yoʻlga yurib, zalolatga ketadi. Chunki:

«U aql yurgizmaydiganlarga oʻta ifloslikni ravo koʻrur».

Alloh Oʻzi bergan aqlni ishga solib, toʻgʻri yoʻlni, iymon yoʻlini topib yurmagan shaxslarni aqli yoʻq jonzotlardan ham past darajaga, eng rasvo holga tushirib qoʻyadi.

Ey Paygʻambar! Aqlini ishlatib Allohga iymon keltirmayotganlarga: