قُلِ ٱنظُرُوا۟ مَاذَا فِى ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۚ وَمَا تُغْنِى ٱلْـَٔايَـٰتُ وَٱلنُّذُرُ عَن قَوْمٍ لَّا يُؤْمِنُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Osmonlaru yerdagi narsalarga nazar solinglar. Iymon keltirmaydigan qavmlarga oyat-mo`'jizalar va qo`rqituvlar foyda bermas», deb ayt.Сен: «Осмонлару ердаги нарсаларга назар солинглар. Иймон келтирмайдиган қавмларга оят-мўъжизалар ва қўрқитувлар фойда бермас», деб айт.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom, Makka mushriklariga) ayting: «Osmonlar va Yerdagi narsalarni (yaʼni, hamma narsaning yagona yaratuvchisi bor ekanligiga dalolat qiluvchi belgilarni) kuzatinglar. (Chunki) iymon keltirmaydigan qavm uchun (hech qanday) oyat-moʻʼjizalar va qoʻrqituvlar foyda bermas.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом, Макка мушрикларига) айтинг: «Осмонлар ва Ердаги нарсаларни (яъни, ҳамма нарсанинг ягона яратувчиси бор эканлигига далолат қилувчи белгиларни) кузатинглар. (Чунки) иймон келтирмайдиган қавм учун (ҳеч қандай) оят-мўъжизалар ва қўрқитувлар фойда бермас.
Albatta, osmonlaru yerdagi narsalarga ibrat nazarini solishning foydasi juda ham katta. Har qanday inson bundan oʻzi uchun katta manfaatlar olishi mumkin. Bu manfaatlarning eng ulkani Alloh taoloning borligini va cheksiz qudratga ega ekanligini anglab yetishdir.
Shu va shunga oʻxshash boshqa oyatlarga nazar solgan musulmonlar vaqtida mislsiz ilmiy kashfiyotlar qildilar va butun dunyoni manfaatlantirdilar. Bu esa, iymon-Islom ishiga, tinchlik-omonlik ishiga katta xizmat qildi. Ammo kishining iymoni boʻlmasa, osmonlaru yerdagi narsalarga nazar solib oyat-moʻʼjizalarni koʻrishi ham, qoʻrqituvchilar ham foyda bermaydi. Buni oyatning ikkinchi jumlasidan bilish mumkin:
«Iymon keltirmaydigan qavmlarga oyat-moʻʼjizalar va qoʻrqituvlar foyda bermas, deb ayt».
Iymon boʻlmaganidan keyin, inson hamma narsani yomonlikka buraverar ekan. Osmondagi jismlarni oʻrgansa, ulardan josuslik ishlarida, ommaviy qirgʻin qurollarini joylashtirishda, insoniyatga zarar keltiradigan boshqa har xil ishlarni bajarishda foydalanar ekan. Iymoni boʻlmaganidan keyin, yerdagi narsalarga nazar solib, undan ham oʻzining qabih niyatlarini amalga oshirishda foydalanishni oʻylar ekan. Ulardagi oyat-moʻʼjizalardan ibrat olmas ekan. Turli qoʻrqituvchilarning ogohlantirishlaridan ham qoʻrqmas ekan.
Lekin ular nima qilmoqchilar oʻzi? Nimani kutishyapti?