QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yunus surasi · Oyatсураси · Оят102

فَهَلْ يَنتَظِرُونَ إِلَّا مِثْلَ أَيَّامِ ٱلَّذِينَ خَلَوْا۟ مِن قَبْلِهِمْ ۚ قُلْ فَٱنتَظِرُوٓا۟ إِنِّى مَعَكُم مِّنَ ٱلْمُنتَظِرِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular faqat o`zlaridan oldin o`tganlarning kunlariga o`xshash kunlarga intizor bo`lmoqdalarmi? Sen: «Bas, intizor bo`linglar. Albatta, men ham sizlar bilan intizor bo`lguvchilardanman», deb ayt.Улар фақат ўзларидан олдин ўтганларнинг кунларига ўхшаш кунларга интизор бўлмоқдаларми? Сен: «Бас, интизор бўлинглар. Албатта, мен ҳам сизлар билан интизор бўлгувчиларданман», деб айт.Alauddin Mansour: Ular faqat oʻzlaridan ilgari oʻtgan (kofir) kimsalarning kuniga oʻxshash (bir kunni, yaʼni Qiyomatni, Allohning azobi)ni kutmoqdalar, xolos. (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom, ularga) ayting: «Kutaveringlar. Men ham sizlar bilan birga kutguvchilardanman».Улар фақат ўзларидан илгари ўтган (кофир) кимсаларнинг кунига ўхшаш (бир кунни, яъни Қиёматни, Аллоҳнинг азоби)ни кутмоқдалар, холос. (Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом, уларга) айтинг: «Кутаверинглар. Мен ҳам сизлар билан бирга кутгувчиларданман».

220-sahifa · 11-juz · 22-hizb220-саҳифа · 11-жуз · 22-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَهَلْbas, ...miбас, ...миيَنتَظِرُونَintizor boʻlmoqdalarинтизор бўлмоқдаларإِلَّاfaqatфақатمِثْلَoʻxshashўхшашأَيَّامِkunlarigaкунларигаٱلَّذِينَkimsalarningкимсаларнингخَلَوْا۟oʻtganўтганمِن-dan-данقَبْلِهِمْ ۚulardan oldinулардан олдинقُلْsen aytсен айтفَٱنتَظِرُوٓا۟bas, intizor boʻlinglarбас, интизор бўлингларإِنِّىalbatta, menалбатта, менمَعَكُمsizlar bilanсизлар биланمِّنَ-dan-данٱلْمُنتَظِرِينَintizor boʻlguvchilarинтизор бўлгувчилар
TafsirТафсир

Aqllarini ishlatib ibrat olmagan, iymonga kelmagan bu kofir kimsalar avvalgi kofirlarning boshiga tushgan musiybatli kunlar oʻzlarining ham boshiga tushishini kutyaptilarmi? Ha,

«Ular faqat oʻzlaridan oldin oʻtganlarning kunlariga oʻxshash kunlarga intizor boʻlmoqdalarmi?»

Shuncha oyat va dalillarni koʻrib-bilib turib iymonga kelmaganlaridan shu maʼno tugʻiladi. U holda, ey, oxirzamon Paygʻambari, sen ularga:

«Bas, intizor boʻlinglar. Albatta, men ham sizlar bilan intizor boʻlguvchilardanman, deb ayt».

Oqibat nima boʻlishini koʻramiz.