ثُمَّ نُنَجِّى رُسُلَنَا وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ ۚ كَذَٰلِكَ حَقًّا عَلَيْنَا نُنجِ ٱلْمُؤْمِنِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: So`ngra, Payg`ambarlarimizga va iymon keltirganlarga najot beramiz. Shunday qilib, mo`minlarga najot bermog`imiz zimmamizdagi burchdir.Сўнгра, Пайғамбарларимизга ва иймон келтирганларга нажот берамиз. Шундай қилиб, мўминларга нажот бермоғимиз зиммамиздаги бурчдир.Alauddin Mansour: Soʻngra (yaʼni, Qiyomat kelib, azob nozil boʻlgach), paygʻambarlarimiz va iymon keltirgan zotlarga najot berurmiz. Shunday qilib, (oxir-oqibatda) iymon keltirgan zotlarga najot berish Bizning zimmamizdagi burch boʻldi.Сўнгра (яъни, Қиёмат келиб, азоб нозил бўлгач), пайғамбарларимиз ва иймон келтирган зотларга нажот берурмиз. Шундай қилиб, (охир-оқибатда) иймон келтирган зотларга нажот бериш Бизнинг зиммамиздаги бурч бўлди.
Oxir-oqibatda moʻminlarning najot topishi haqdir. Bu vazifani Alloh taolo Oʻziga burch qilib olgandir. Bu haqiqatni moʻmin- musulmonlar, ayniqsa, daʼvatchilar juda yaxshi anglab yetmoqlari lozim. Ana shunda vaqtinchalik qiyinchiliklar yengil koʻrinadi. Kofir va munofiqlarning ozorlari, qiynoqlari ogʻir botmaydi.
Endi surai karimaning xotimasiga yetib kelindi. Avvaldan zikr qilib kelingan mavzularga yakun yasalib, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga umumiy eʼlon qilish topshirilmoqda. Bu eʼlonda esa, u zotga yoʻllarida sobit holda bardavom boʻlishlari bayon qilinmoqda:
Ey, oxirzamon Paygʻambari, sen: