قُلْ يَـٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ إِن كُنتُمْ فِى شَكٍّ مِّن دِينِى فَلَآ أَعْبُدُ ٱلَّذِينَ تَعْبُدُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ وَلَـٰكِنْ أَعْبُدُ ٱللَّهَ ٱلَّذِى يَتَوَفَّىٰكُمْ ۖ وَأُمِرْتُ أَنْ أَكُونَ مِنَ ٱلْمُؤْمِنِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: «Ey odamlar, agar mening dinimda shak-shubhangiz bo`lsa, bas, (bilingki) men sizlar ibodat qilayotgan — Allohdan o`zga — narsalarga ibodat qilmasman. Lekin sizni vafot ettiradigan Allohga ibodat qilurman va mo`minlardan bo`lmog`imga amr qilinganman», deb ayt.«Эй одамлар, агар менинг динимда шак-шубҳангиз бўлса, бас, (билингки) мен сизлар ибодат қилаётган — Аллоҳдан ўзга — нарсаларга ибодат қилмасман. Лекин сизни вафот эттирадиган Аллоҳга ибодат қилурман ва мўминлардан бўлмоғимга амр қилинганман», деб айт.Alauddin Mansour: Ayting: «Ey insonlar, agar sizlar mening dinimdan shak-shubhada boʻlsangiz, bas (bilingizki), men sizlar Allohni qoʻyib sigʻinadigan butlaringizga ibodat qilmayman, balki sizlarning joningizni oladigan Zot — Allohga ibodat qilurman. Va men moʻminlardan boʻlishga maʼmurman (amr etilganman).Айтинг: «Эй инсонлар, агар сизлар менинг динимдан шак-шубҳада бўлсангиз, бас (билингизки), мен сизлар Аллоҳни қўйиб сиғинадиган бутларингизга ибодат қилмайман, балки сизларнинг жонингизни оладиган Зот — Аллоҳга ибодат қилурман. Ва мен мўминлардан бўлишга маъмурман (амр этилганман).
Yaʼni, ey odamlar, agar sizning hammangiz men keltirgan haq dinga shubha bilan qarab, unga yurmaydigan boʻlsangiz ham, bu qilmishingiz mening ishonchimga zarracha taʼsir oʻtkaza olmaydi. Koʻpchilik koʻnmayapti, bir gap bor shekilli, degan fikr xayolimga ham kelmaydi. Siz hammangiz bir boʻlib tutgan yoʻlingiz shu yoʻlingizning toʻgʻriligiga dalil boʻla olmaydi. Bilib qoʻyingki, hech qachon:
«men sizlar ibodat qilayotgan – Allohdan oʻzga narsalarga ibodat qilmasman».
Allohdan oʻzga siz ibodat qilayotgan turli narsalarga ibodat qilishning notoʻgʻriligi menga oydan ravshan.
«Lekin sizni vafot ettiradigan Allohga ibodat qilurman.»
Sizni ibodat qilayotgan butlaringiz vafot ettirmaydi. Ular hech narsa qila olmaydi. Sizlarni hamma narsaga qodir Alloh, men ibodat qilayotgan Zot vafot ettiradi.
«...va moʻminlardan boʻlmogʻimga amr qilinganman».
Men Alloh taolodan kelgan amrni bajaraman, xolos. Va menga yana quyidagilar buyurilgandir: