وَلَوْ شَآءَ رَبُّكَ لَـَٔامَنَ مَن فِى ٱلْأَرْضِ كُلُّهُمْ جَمِيعًا ۚ أَفَأَنتَ تُكْرِهُ ٱلنَّاسَ حَتَّىٰ يَكُونُوا۟ مُؤْمِنِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar Robbing xohlasa, yer yuzidagi kishilarning hammasi iymonga kelar edilar. Yoki sen odamlarni mo`min bo`lishga majburlaysanmi?Агар Роббинг хоҳласа, ер юзидаги кишиларнинг ҳаммаси иймонга келар эдилар. Ёки сен одамларни мўмин бўлишга мажбурлайсанми?Alauddin Mansour: Agar Parvardigoringiz xohlasa edi, butun Yer yuzidagi barcha kishilar iymon keltirgan boʻlur edilar. Axir siz odamlarni moʻmin boʻlishga majbur qilurmisiz? (Yaʼni, bunday qilish durust emasdir. Chunki kishi oʻz ixtiyori bilan keltirgan iymongina haqiqiy maqbul iymondir).Агар Парвардигорингиз хоҳласа эди, бутун Ер юзидаги барча кишилар иймон келтирган бўлур эдилар. Ахир сиз одамларни мўмин бўлишга мажбур қилурмисиз? (Яъни, бундай қилиш дуруст эмасдир. Чунки киши ўз ихтиёри билан келтирган иймонгина ҳақиқий мақбул иймондир).
Sen hammaning birday moʻmin boʻlmaganiga koʻp ham kuyunaverma. Ularning hammasi iymonga kelishi shart emas. Agar shu narsa zarur boʻlganda Alloh taolo ularning hammasini avval boshdan moʻmin qilib yaratar edi yoki moʻmin boʻlishga majbur etar edi. Ha,
«Agar Robbing xohlasa, yer yuzidagi kishilarning hammasi iymonga kelar edilar».
Lekin barcha hikmat sohibi boʻlgan U zot bunday qilmadi. Insonni yaxshilik va yomonlik, iymon va kufrga layoqat bilan yaratdi. Unga u yoki bu yoʻlni tanlab olish ixtiyorini berdi. Alloh insonga toʻgʻridan notoʻgʻrini ajratadigan aql ham berdi. U zot aqllarga eng oson yoʻlni koʻrsatish uchun Paygʻambarlar yubordi. Kitoblar tushirdi. Yaʼni, har bir odamning toʻgʻri yoʻlni topib olishiga har jihatdan imkoniyat yaratdi. Ana oʻsha omillar orqali har bir odam toʻgʻri yoʻlni topib olishi yoki aksincha, aqlini ishlatmay, zalolatda qolishi ham mumkin. Shunday qilib, iymon ishi ixtiyorli boʻldi.
«Yoki sen odamlarni moʻmin boʻlishga majburlaysanmi?»
Yoʻq, albatta, iymon ishi qalbga bogʻliq. Unga majbur qilish foydasizdir.