وَٱلَّذِينَ كَسَبُوا۟ ٱلسَّيِّـَٔاتِ جَزَآءُ سَيِّئَةٍۭ بِمِثْلِهَا وَتَرْهَقُهُمْ ذِلَّةٌ ۖ مَّا لَهُم مِّنَ ٱللَّهِ مِنْ عَاصِمٍ ۖ كَأَنَّمَآ أُغْشِيَتْ وُجُوهُهُمْ قِطَعًا مِّنَ ٱلَّيْلِ مُظْلِمًا ۚ أُو۟لَـٰٓئِكَ أَصْحَـٰبُ ٱلنَّارِ ۖ هُمْ فِيهَا خَـٰلِدُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yomonliklarni kasb qilganlarga esa, yomonliklariga yarasha yomon jazo bo`lur. Ularni xorlik qoplar. Ular uchun Allohdan biror saqlovchi ham bo`lmas. Yuzlari xuddi tun zulmatidan bir parcha ila qoplangan kabi bo`lur. Ana o`shalar do`zax egalaridir. Ular unda abadiy qolurlar.Ёмонликларни касб қилганларга эса, ёмонликларига яраша ёмон жазо бўлур. Уларни хорлик қоплар. Улар учун Аллоҳдан бирор сақловчи ҳам бўлмас. Юзлари худди тун зулматидан бир парча ила қопланган каби бўлур. Ана ўшалар дўзах эгаларидир. Улар унда абадий қолурлар.Alauddin Mansour: Yomon amallar qilgan kimsalar uchun esa oʻsha yomonliklari barobarida yomon jazo boʻlur va ularni xorlik oʻrab olur — ular uchun Alloh tarafidan biron-bir (jazodan) saqlovchi boʻlmas. Ularning yuzlari goʻyo qorongʻu kechadan bir boʻlagi qoplagandek. Ana oʻshalar doʻzax egalari boʻlib, u joyda abadiy qolurlar.Ёмон амаллар қилган кимсалар учун эса ўша ёмонликлари баробарида ёмон жазо бўлур ва уларни хорлик ўраб олур — улар учун Аллоҳ тарафидан бирон-бир (жазодан) сақловчи бўлмас. Уларнинг юзлари гўё қоронғу кечадан бир бўлаги қоплагандек. Ана ўшалар дўзах эгалари бўлиб, у жойда абадий қолурлар.
Oldingi, ahli jannat vasfidagi manzaraning tamoman aksi. Oyatda bu dunyoda goʻzal amallar emas, yomon amallar qilganlar vasf qilinayotir. Yomonliklari tufayli ular bu dunyoning oʻzida yomon hayot kechiradilar. Oxiratda esa:
«Yomonliklarni kasb qilganlarga esa, yomonliklariga yarasha yomon jazo boʻlur».
Bu yerda ziyodasi yoʻq. Amallariga yarashasini tortsalar ham, yetib ortadi. Ahli jannat holiga zid oʻlaroq:
«Ularni xorlik qoplar».
Yaʼni, ularga xorlik yetmaydi, balki butunlay qoplab oladi. Hamda shu hollarida doimiy turaveradilar. Chunki:
«Ular uchun Allohdan biror saqlovchi ham boʻlmas».
Bu baxtiqaro bandalar shunday noqulay holatda qoladilarki, ularga nazar solgan kishi hayron boʻladi. Chunki:
«Yuzlari xuddi tun zulmatidan bir parcha ila qoplangan kabi boʻlur».
Bu yuzi qarolar kimlar va ular qanday oqibat topadilar?
«Ana oʻshalar doʻzax egalaridir. Ular unda abadiy qolurlar.»