QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yunus surasi · Oyatсураси · Оят28

وَيَوْمَ نَحْشُرُهُمْ جَمِيعًا ثُمَّ نَقُولُ لِلَّذِينَ أَشْرَكُوا۟ مَكَانَكُمْ أَنتُمْ وَشُرَكَآؤُكُمْ ۚ فَزَيَّلْنَا بَيْنَهُمْ ۖ وَقَالَ شُرَكَآؤُهُم مَّا كُنتُمْ إِيَّانَا تَعْبُدُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U kunda barchalarini to`plarmiz. So`ngra, shirk keltirganlarga: «Sizlar ham, sherik qilganlaringiz ham joyingizdan qimirlamangiz», dermiz. Bas, oralarini ajratarmiz va sherik qilinmishlar: «Bizga ibodat etmagan edingiz.У кунда барчаларини тўплармиз. Сўнгра, ширк келтирганларга: «Сизлар ҳам, шерик қилганларингиз ҳам жойингиздан қимирламангиз», дермиз. Бас, ораларини ажратармиз ва шерик қилинмишлар: «Бизга ибодат этмаган эдингиз.Alauddin Mansour: U kunda (Qiyomatda) Biz ularning (yaʼni, insonlarning) hammalarini toʻplaymiz, soʻngra mushrik boʻlgan kimsalarga: «Sizlar ham, Allohga sherik qilib olgan butlaringiz ham oʻz joyingizdan jilmangiz», deb ularning oʻrtalarini ajraturmiz (yaʼni, mushriklar dunyoda doim birga boʻlib, sigʻinib yurgan butlaridan ajralib qolurlar) va butlari (ularga): «Sizlar bizga ibodat qilganingiz yoʻq (yaʼni, biz, butlar jonsiz narsalar boʻlganimiz uchun bizga sigʻinganlaringizni bilganimiz yoʻq).У кунда (Қиёматда) Биз уларнинг (яъни, инсонларнинг) ҳаммаларини тўплаймиз, сўнгра мушрик бўлган кимсаларга: «Сизлар ҳам, Аллоҳга шерик қилиб олган бутларингиз ҳам ўз жойингиздан жилмангиз», деб уларнинг ўрталарини ажратурмиз (яъни, мушриклар дунёда доим бирга бўлиб, сиғиниб юрган бутларидан ажралиб қолурлар) ва бутлари (уларга): «Сизлар бизга ибодат қилганингиз йўқ (яъни, биз, бутлар жонсиз нарсалар бўлганимиз учун бизга сиғинганларингизни билганимиз йўқ).

212-sahifa · 11-juz · 22-hizb212-саҳифа · 11-жуз · 22-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَيَوْمَva u kundaва у кундаنَحْشُرُهُمْularni toʻplaymizуларни тўплаймизجَمِيعًۭاbarchalariniбарчалариниثُمَّsoʻngraсўнграنَقُولُdeymizдеймизلِلَّذِينَ…larga…ларгаأَشْرَكُوا۟shirk keltirganlarширк келтирганларمَكَانَكُمْjoyingizdan qimirlamangizжойингиздан қимирламангизأَنتُمْsizlar hamсизлар ҳамوَشُرَكَآؤُكُمْ ۚva sherik qilganlaringiz hamва шерик қилганларингиз ҳамفَزَيَّلْنَاbas, ajratamizбас, ажратамизبَيْنَهُمْ ۖoralariniоралариниوَقَالَva derlarва дерларشُرَكَآؤُهُمsherik qilinmishlariшерик қилинмишлариمَّاemasэмасكُنتُمْedingizэдингизإِيَّانَاbizgaбизгаتَعْبُدُونَibodat qilarибодат қилар
TafsirТафсир

U kun–qiyomat kunidir. U kunda hamma narsaning mulki Alloh taoloning qoʻlida boʻladir. Oʻshanda Alloh taolo dunyo yaralganidan to qiyomat qoim boʻlgunicha oʻtgan barchani hisob-kitob qilib, orani ochiq qilish uchun mahsharga toʻplaydi.

«U kunda barchalarini toʻplarmiz.»

Hamma-hamma toʻplanadi. Hech kim bu toʻplanishdan chetda qola olmaydi. Oʻshanda hammaga bu dunyodagi ishiga qarab muomala qilinadi. Bu dunyoda Allohga iymon keltirmagan va tavhidga yurmaganlarga, yaʼni:

«shirk keltirganlarga: «Sizlar ham, sherik qilganlaringiz ham joyingizdan qimirlamangiz», dermiz».

Ushbu jumladagi «Sherik qilganlaringiz»dan murod but va sanamlardir. Ushbu amru farmonning uslubidanoq ularni dahshatli narsa kutayotgani bilinib turibdi. Shundan soʻng:

«Bas, oralarini ajratarmiz».

Hamma oʻziga tegishli guruh bilan qoladi. Ana oʻshanda holat yana ham oydinlashadi. Har kim oqibati nima boʻlishini aniq tushunib qoladi. Bu dunyoda gapira olmaydigan but-sanamlar tilga kirib, mushriklardan tonadilar:

«Bizga ibodat qilmagan edingiz».

Shoʻri qurisin mushriklarning! Bu dunyoda ixlos bilan ibodat etib, u dunyoda bizga shafoatchi boʻladi, ogʻir paytda bizni oqlab, qutqazib oladi, deb ishongan «xudolari»–but-sanamlari birdan tilga kirib, eng nozik joyda ishni rasvo qilib turibdi. U dunyodagidek jim turaversalar, boʻlmasmidi?! Hozir oʻzlariga ibodat qilganlardan tonib turibdilar. Ular oʻziga ibodat qilganlardan butunlay qutulishmoqchi. Mazkur sherik qilinmishlar, yaʼni, butu sanamlar oʻzlariga ibodat qilgan mushriklarga qaratilgan soʻzlarini davom ettirib, yana bunday deyishadi: