لَهُمُ ٱلْبُشْرَىٰ فِى ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا وَفِى ٱلْـَٔاخِرَةِ ۚ لَا تَبْدِيلَ لِكَلِمَـٰتِ ٱللَّهِ ۚ ذَٰلِكَ هُوَ ٱلْفَوْزُ ٱلْعَظِيمُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularga hayoti dunyoda ham, oxiratda ham xushxabar bor. Allohning so`zlarini o`zgartirish yo`q. Ana o`sha ulug` yutuqdir.Уларга ҳаёти дунёда ҳам, охиратда ҳам хушхабар бор. Аллоҳнинг сўзларини ўзгартириш йўқ. Ана ўша улуғ ютуқдир.Alauddin Mansour: Ular uchun hayoti dunyoda ham, Oxiratda ham xushxabar bordir. Allohning soʻzlari (oyatlari) oʻzgartirilmas. Mana shu (mazkur neʼmatlarga erishish) buyuk saodatdir.Улар учун ҳаёти дунёда ҳам, Охиратда ҳам хушхабар бордир. Аллоҳнинг сўзлари (оятлари) ўзгартирилмас. Мана шу (мазкур неъматларга эришиш) буюк саодатдир.
Allohning doʻstlariga ikki dunyo saodatining xushxabari bor. Ular iymonlari va taqvolari tufayli, Allohning inoyati ila, avvalo, bu dunyoda saodatli hayot kechiradilar. Oxiratda esa, xuddi shu iymonlari va taqvolari sababli jannatga doxil boʻladilar.
Mazkur xushxabar Allohning soʻzlaridir.
«Allohning soʻzlarini oʻzgartirish yoʻq. Ana oʻsha ulugʻ yutuqdir.»
Hozirda baʼzi musulmon jamiyatlar oʻsha ulugʻ yutuqqa bu dunyo hayotida erisha olmayotgan boʻlsalar, bu narsa Allohning kalimalari oʻzgarganiga emas, balki iymon va taqvoda kamchilik borligiga yoki iymon va taqvoning umuman yoʻqligiga dalildir.
Mazkur xushxabardan soʻng Alloh taolo Oʻz doʻstlarining rahnamosi Hazrati Muhammad sollallohu alayhi vasallamga xitob qilib, deydi: