QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yunus surasi · Oyatсураси · Оят65

وَلَا يَحْزُنكَ قَوْلُهُمْ ۘ إِنَّ ٱلْعِزَّةَ لِلَّهِ جَمِيعًا ۚ هُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلْعَلِيمُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularning gapi seni xafa qilmasin. Albatta, azizlikning barchasi Allohnikidir. U eshitguvchi va bilguvchi Zotdir.Уларнинг гапи сени хафа қилмасин. Албатта, азизликнинг барчаси Аллоҳникидир. У эшитгувчи ва билгувчи Зотдир.Alauddin Mansour: Ularning (kofirlarning «Sen paygʻambar emassan», degan) soʻzlari sizni gʻamgin qilmasin. Butun kuch-qudrat Allohnikidir. U eshitguvchi, bilguvchidir.Уларнинг (кофирларнинг «Сен пайғамбар эмассан», деган) сўзлари сизни ғамгин қилмасин. Бутун куч-қудрат Аллоҳникидир. У эшитгувчи, билгувчидир.

216-sahifa · 11-juz · 22-hizb216-саҳифа · 11-жуз · 22-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَاva emasва эмасيَحْزُنكَseni xafa qilmasinсени хафа қилмасинقَوْلُهُمْ ۘularning gapiуларнинг гапиإِنَّalbattaалбаттаٱلْعِزَّةَazizlikазизликلِلَّهِAllohnikidirАллоҳникидирجَمِيعًا ۚbarchasiбарчасиهُوَUУٱلسَّمِيعُeshitguvchiэшитгувчиٱلْعَلِيمُbilguvchiбилгувчи
TafsirТафсир

Yaʼni, kofirlarning gapidan hech xafa boʻlma. Ular har doim oʻzlarini maqtashadi. Moʻminlarning shaʼnlarini yerga urish uchun turli gaplar tarqatishadi. Ularning gaplari behuda. Aslida: «Albatta, azizlikning barchasi Allohnikidir». Azizlik (kuch-qudrat va gʻoliblik) sifatiga sohib boʻlgan Zot doʻstlarini himoya qilib oladi. «U eshitguvchi va bilguvchi Zotdir.» U zot kim nima deyayotganini eshitib va kim nima qilayotganini bilib turibdi.