أَلَآ إِنَّ لِلَّهِ مَن فِى ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَمَن فِى ٱلْأَرْضِ ۗ وَمَا يَتَّبِعُ ٱلَّذِينَ يَدْعُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ شُرَكَآءَ ۚ إِن يَتَّبِعُونَ إِلَّا ٱلظَّنَّ وَإِنْ هُمْ إِلَّا يَخْرُصُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ogoh bo`lingkim, osmonlarda kim bo`lsa va yer yuzida kim bo`lsa, albatta, Allohnikidir. Allohdan o`zga sheriklarga iltijo qilayotganlar nimaga ergashurlar? Ular faqat gumonga ergashurlar, xolos. Ular faqat taxmin qilurlar, xolos.Огоҳ бўлингким, осмонларда ким бўлса ва ер юзида ким бўлса, албатта, Аллоҳникидир. Аллоҳдан ўзга шерикларга илтижо қилаётганлар нимага эргашурлар? Улар фақат гумонга эргашурлар, холос. Улар фақат тахмин қилурлар, холос.Alauddin Mansour: Ogoh boʻlingizkim, albatta osmonlardagi va Yerdagi barcha jonzot va maxluqot Allohnikidir. Allohni qoʻyib, butlarga iltijo qiladigan kimsalar faqat gumonga ergashadilar, xolos. Ular faqat taxmin qiladilar, xolos.Огоҳ бўлингизким, албатта осмонлардаги ва Ердаги барча жонзот ва махлуқот Аллоҳникидир. Аллоҳни қўйиб, бутларга илтижо қиладиган кимсалар фақат гумонга эргашадилар, холос. Улар фақат тахмин қиладилар, холос.
Ey odamlar, oʻylab koʻringlar, ogoh boʻlinglar! Osmonlaru yerda kim boʻlsa ham–farishtami, jinmi, odammi, taqvodormi, isyonkormi–hamma-hammasi Allohnikidir. Uning Oʻzi kimni xohlasa, gʻolib qiladi, kimni xohlasa, magʻlub etadi. Allohga iymon keltiringlar, Uning amriga boʻyinsuninglar, Uning koʻrsatmalariga ergashinglar.
«Allohdan oʻzga sheriklarga iltijo qilayotganlar nimaga ergashurlar?»
Allohga iltijo qiladiganlar olamlarning Robbi boʻlgan zotga ergashadilar. Ammo, Allohga iltijo etmay, Unga iymon keltirmay, ibodat qilmay, aytganini bajarmay yurganlar nimaga ergashadilar? Turli-tuman narsalarga–baʼzilari but va sanamlarga, boshqalari shaxslarga, ayrimlari tuzum va gʻoyalarga ergashadilar. Bir soʻz bilan aytganda:
«Ular faqat gumonga ergashurlar, xolos. Ular faqat taxmin qilurlar, xolos».
Ey, gumonga, taxminga ergashayotganlar, nima uchun Robbingiz Alloh taologa ergashmaysiz? Axir: