هُوَ ٱلَّذِى جَعَلَ لَكُمُ ٱلَّيْلَ لِتَسْكُنُوا۟ فِيهِ وَٱلنَّهَارَ مُبْصِرًا ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَـٰتٍ لِّقَوْمٍ يَسْمَعُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U sizlarga sokinlik topishingiz uchun kechani va ko`rsatuvchi etib kunduzni qilgan Zot. Albatta, bunda eshitadigan qavmlar uchun oyat — alomatlar bordir.У сизларга сокинлик топишингиз учун кечани ва кўрсатувчи этиб кундузни қилган Зот. Албатта, бунда эшитадиган қавмлар учун оят — аломатлар бордир.Alauddin Mansour: U sizlar orom olishingiz uchun kechani va (kasbu kor, sayru sayohat qilishingiz uchun) ochiq-yorugʻ boʻlgan kunduzni yaratib qoʻygan Zotdir. Albatta, bunda quloq tutib anglovchi qavm uchuch oyat-alomatlar bordir.У сизлар ором олишингиз учун кечани ва (касбу кор, сайру саёҳат қилишингиз учун) очиқ-ёруғ бўлган кундузни яратиб қўйган Зотдир. Албатта, бунда қулоқ тутиб англовчи қавм учуч оят-аломатлар бордир.
Yaʼni, kecha va kunduzning oʻzini, ulardagi jarayonlar va xususiyatlarni yaxshiroq tadabbur qilgan inson Allohga iymon keltirishi lozim. Chunki ularda eshitib, ibrat qulogʻini tutadigan insonlar uchun juda koʻp oyat–belgilar bordir. Maxsus manbalar bilan tanishib chiqqanlar bularni yanada yaxshiroq tushunadilar. Ammo quyidagicha fikr yuritilsa ham, hamma narsa ochiq-oydin tushuniladi:
«U sizlarga sokinlik topishingiz uchun kechani va koʻrsatuvchi etib kunduzni qilgan Zot».
Ey odamlar! Oʻylab koʻringlar! Kechani kim qiladi? Kechani, oyatda aytilganidek, odamlarga sokinlik-osoyishtalik pallasi qilib qoʻyish kimning qoʻlidan keladi? Bunga yondosh ne-ne ishlar bor, ularni kim qiladi? Albatta, Alloh. Olam kecha qorongʻuligidangina iborat boʻlganida, odamlar hech narsani koʻra olmasdilar, ularga koʻrish imkoniyatini yaratib, kunduzni bergan kim? Albatta, Alloh!
«Albatta, bunda eshitadigan qavmlar uchun oyat – alomatlar bordir.»
Unday boʻlsa, Oʻsha zotga iymon keltirib, Uning aytganida yurish, qaytarganidan qaytish kerak-da!
Mushriklar boʻlsa, umuman notoʻgʻri ish qildilar.