QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yunus surasi · Oyatсураси · Оят68

قَالُوا۟ ٱتَّخَذَ ٱللَّهُ وَلَدًا ۗ سُبْحَـٰنَهُۥ ۖ هُوَ ٱلْغَنِىُّ ۖ لَهُۥ مَا فِى ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ ۚ إِنْ عِندَكُم مِّن سُلْطَـٰنٍۭ بِهَـٰذَآ ۚ أَتَقُولُونَ عَلَى ٱللَّهِ مَا لَا تَعْلَمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular, «Alloh farzand tutdi», dedilar. U (bundan) pokdir. U behojatdir. Osmonlardagi narsalar va yerdagi narsalar Unikidir. Bu haqda sizning hech qanday dalilingiz yo`q-ku! Allohga nisbatan bilmagan narsangizni aytaverasizmi?Улар, «Аллоҳ фарзанд тутди», дедилар. У (бундан) покдир. У беҳожатдир. Осмонлардаги нарсалар ва ердаги нарсалар Уникидир. Бу ҳақда сизнинг ҳеч қандай далилингиз йўқ-ку! Аллоҳга нисбатан билмаган нарсангизни айтаверасизми?Alauddin Mansour: «Allohning bolasi bor», dedilar. U zot (bularning badgumonidan) mutlaqo pokdir. U behojatdir. Osmonlar va Yerdagi bor narsalar Unikidir. Sizlarning huzuringizda bu toʻgʻrida (yaʼni, Allohning bolasi bor, degan) hech qanday hujjat yoʻq-ku! Alloh shaʼniga bilmaydigan narsangizni aytaverasizlarmi?«Аллоҳнинг боласи бор», дедилар. У зот (буларнинг бадгумонидан) мутлақо покдир. У беҳожатдир. Осмонлар ва Ердаги бор нарсалар Уникидир. Сизларнинг ҳузурингизда бу тўғрида (яъни, Аллоҳнинг боласи бор, деган) ҳеч қандай ҳужжат йўқ-ку! Аллоҳ шаънига билмайдиган нарсангизни айтаверасизларми?

216-sahifa · 11-juz · 22-hizb216-саҳифа · 11-жуз · 22-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالُوا۟ular dedilarулар дедиларٱتَّخَذَtutdiтутдиٱللَّهُAllohАллоҳوَلَدًۭا ۗfarzandфарзандسُبْحَـٰنَهُۥ ۖU pokdirУ покдирهُوَUУٱلْغَنِىُّ ۖbehojatdirбеҳожатдирلَهُۥUnikidirУникидирمَاnarsalarнарсаларفِى-dagi-дагиٱلسَّمَـٰوَٰتِosmonlarосмонларوَمَاva narsalarва нарсаларفِى-dagi-дагиٱلْأَرْضِ ۚyerерإِنْemasэмасعِندَكُمsizning huzuringizdaсизнинг ҳузурингиздаمِّنhech qandayҳеч қандайسُلْطَـٰنٍۭdalilдалилبِهَـٰذَآ ۚbu haqdaбу ҳақдаأَتَقُولُونَaytaverasizmiайтаверасизмиعَلَىnisbatanнисбатанٱللَّهِAllohgaАллоҳгаمَاnarsaniнарсаниلَاemasэмасتَعْلَمُونَbilasizбиласиз
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimadagi

«Alloh farzand tutdi» degan iborani «Birovni oʻziga bola qilib oldi», degan maʼnoda tushunmoq lozim. Maʼlumki, «Allohning xotini bor, bolasi bor, oʻgʻli yoki qizi bor», deydiganlar Allohga nisbatan katta boʻhton qiladilar. Lekin masiyhiy firqalar ichida baʼzilari: «Iyso Allohning Oʻzidan boʻlgan bolasi emas, bu sifat Allohga toʻgʻri kelmaydi, balki Iysoni Alloh tanlab olib, Oʻzining tutingan oʻgʻli, deb eʼlon qilgan», degan eʼtiqodda ekanlar. Shu maʼnoda oyati karimadagi ushbu jumlani «Allohning bolasi bor» deb tarjima qilish yoki tushunish notoʻgʻri boʻladi. Bu haqiqatni asrimizning buyuk allomasi shayx Abul Hasan Ali al-Hasaniy anNadaviy hazratlari oʻzlarining «Qurʼon tafsiriga kirish» nomli kitoblarida mufassal bayon qilganlar. Shu bilan birga, ushbu oyati karima hech kim bilmagan bir masiyhiy firqaning eʼtiqodidan ham xabar berishi Qurʼonning ilohiy kitobligiga dalillardan biridir, deb yozganlar.

Odatda inson qay hollarda farzand tutadi? Farzandsizligim bilinmasin; menga yordam boʻlsin; koʻnglimni koʻtarib tursin va hokazo hojatlarni koʻzlab farzand tutadi. Ajabo, Alloh subhanahu va taolo shu kabi ishlarga muhtojmi? Unga nisbatan bunaqa sifat berish durustmi? Yoʻq, albatta.

«U (bundan) pokdir.»

Ajabo, uning biror narsaga hojati bormidiki, farzand tutsa?! Albatta, yoʻq!

«U behojatdir. Osmonlardagi narsalar va yerdagi narsalar Unikidir.»

Borliqdagi hamma narsaga yagona Oʻzi sohib boʻlgan zot hech bir narsaga muhtoj emas. Ammo, ey odamlar, siz Allohning hojati bor, deyapsiz. Buni «Alloh farzand tutdi» degan gapingiz koʻrsatib turibdi. Axir:

«Bu haqda sizning hech qanday dalilingiz yoʻq-ku!»

Agar birorta dalilingiz boʻlsa, keltiring. Albatta, keltira olmaysiz!

«Allohga nisbatan bilmagan narsangizni aytaverasizmi?!»

Ey Paygʻambar!