إِنَّ ٱلَّذِينَ لَا يَرْجُونَ لِقَآءَنَا وَرَضُوا۟ بِٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا وَٱطْمَأَنُّوا۟ بِهَا وَٱلَّذِينَ هُمْ عَنْ ءَايَـٰتِنَا غَـٰفِلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, Biz ila muloqot bo`lishini umid qilmaganlar va bu dunyo hayotidan rozi bo`lib, u bilan xotirjam qolganlar hamda oyatlarimizdan g`ofil bo`lganlar.Албатта, Биз ила мулоқот бўлишини умид қилмаганлар ва бу дунё ҳаётидан рози бўлиб, у билан хотиржам қолганлар ҳамда оятларимиздан ғофил бўлганлар.Alauddin Mansour: Albatta, Bizga roʻbaroʻ boʻlishni umid qilmaydigan, hayoti dunyoning oʻzigagina rozi boʻlib, faqat oʻsha bilan xotirlari jam boʻlgan kimsalar hamda Bizning oyatlarimizdan gʻofil qolgan kimsalar —Албатта, Бизга рўбарў бўлишни умид қилмайдиган, ҳаёти дунёнинг ўзигагина рози бўлиб, фақат ўша билан хотирлари жам бўлган кимсалар ҳамда Бизнинг оятларимиздан ғофил қолган кимсалар —
Har lahzada mazkur oyat–belgilarni koʻrib-bilib turib iymonga kelmaganlar, albatta, qiyomatga ham ishonmagan boʻladilar. Qiyomatda Allohga muloqotda boʻlishdan ular umidsizdirlar. Yaʼni, qiyomat boʻlib, Allohga yoʻliqishlariga ishonmaydilar. Shuning uchun, ular kofirdirlar. Shuning uchun, ularning u dunyo bilan ishlari yoʻq. Ular:
«bu dunyo hayotidan rozi boʻlib, u bilan xotirjam qolganlar»dir.
Ularning fikri-zikri besh kunlik dunyo va uning lazzatidadir. Shu bilan ovunib, xotirjam boʻlib qolganlar. Ularning eng katta ayblari va sifatlari Allohning oyatlaridan gʻofil boʻlganlaridir. Shu boisdan ham, ular har qanday yomonlikni tap tortmasdan qilaveradilar. Natijada:
«Ana oʻshalarning joylari, qilgan kasblari tufayli, jahannamdir».
Ha, ular, bekorga emas, qilgan kasblari tufayli, adolat yuzasidan jahannam azobiga duchor boʻladilar. Ayni paytda, boshqa bir tomonda umuman boshqacha manzaraning shohidi boʻlamiz: