QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yunus surasi · Oyatсураси · Оят8

أُو۟لَـٰٓئِكَ مَأْوَىٰهُمُ ٱلنَّارُ بِمَا كَانُوا۟ يَكْسِبُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ana o`shalarning joylari, qilgan kasblari tufayli, jahannamdir.Ана ўшаларнинг жойлари, қилган касблари туфайли, жаҳаннамдир.Alauddin Mansour: Ana oʻshalarning joylari, kasb qilib oʻtgan gunohlari sababli doʻzaxdir.Ана ўшаларнинг жойлари, касб қилиб ўтган гуноҳлари сабабли дўзахдир.

209-sahifa · 11-juz · 21-hizb209-саҳифа · 11-жуз · 21-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أُو۟لَـٰٓئِكَana oʻshalarана ўшаларمَأْوَىٰهُمُjoylariжойлариٱلنَّارُjahannamdirжаҳаннамдирبِمَاtufayliтуфайлиكَانُوا۟edilarэдиларيَكْسِبُونَkasb qilar (qilgan kasblari)касб қилар (қилган касблари)
TafsirТафсир

Har lahzada mazkur oyat–belgilarni koʻrib-bilib turib iymonga kelmaganlar, albatta, qiyomatga ham ishonmagan boʻladilar. Qiyomatda Allohga muloqotda boʻlishdan ular umidsizdirlar. Yaʼni, qiyomat boʻlib, Allohga yoʻliqishlariga ishonmaydilar. Shuning uchun, ular kofirdirlar. Shuning uchun, ularning u dunyo bilan ishlari yoʻq. Ular:

«bu dunyo hayotidan rozi boʻlib, u bilan xotirjam qolganlar»dir.

Ularning fikri-zikri besh kunlik dunyo va uning lazzatidadir. Shu bilan ovunib, xotirjam boʻlib qolganlar. Ularning eng katta ayblari va sifatlari Allohning oyatlaridan gʻofil boʻlganlaridir. Shu boisdan ham, ular har qanday yomonlikni tap tortmasdan qilaveradilar. Natijada:

«Ana oʻshalarning joylari, qilgan kasblari tufayli, jahannamdir».

Ha, ular, bekorga emas, qilgan kasblari tufayli, adolat yuzasidan jahannam azobiga duchor boʻladilar. Ayni paytda, boshqa bir tomonda umuman boshqacha manzaraning shohidi boʻlamiz: