مَتَـٰعٌ فِى ٱلدُّنْيَا ثُمَّ إِلَيْنَا مَرْجِعُهُمْ ثُمَّ نُذِيقُهُمُ ٱلْعَذَابَ ٱلشَّدِيدَ بِمَا كَانُوا۟ يَكْفُرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bu dunyoda (bir oz) foydalanish, keyin Bizga qaytishlari bor. So`ngra, Biz ularga, kufr keltirib o`tganlari uchun, shiddatli azobni tottiramiz.Бу дунёда (бир оз) фойдаланиш, кейин Бизга қайтишлари бор. Сўнгра, Биз уларга, куфр келтириб ўтганлари учун, шиддатли азобни тоттирамиз.Alauddin Mansour: (Unday kimsalar uchun) bu dunyoda ozgina foydalanish bor. Soʻngra Bizga qaytishadi. Ana undan keyin kofir boʻlib oʻtganlari uchun ularga qattiq azob torttirurmiz.(Ундай кимсалар учун) бу дунёда озгина фойдаланиш бор. Сўнгра Бизга қайтишади. Ана ундан кейин кофир бўлиб ўтганлари учун уларга қаттиқ азоб торттирурмиз.
Boshqa gap yoʻq. Kofir odamlar besh kunlik dunyoning hoyi- havasiga berilib oʻtadilar. Keyin barchalari Allohning huzuriga qaytadilar. Ha,
«Bu dunyoda (bir oz) foydalanish, keyin Bizga qaytishlari bor».
Kofirlar bu dunyoda, koʻp emas, bir ozgina foydalanadilar, xolos. Keyin, baribir, Alloh taologa qaytishlari, turgan gap.
«Soʻngra, Biz ularga, kufr keltirib oʻtganlari uchun, shiddatli azobni tottiramiz.»
Kofirlar kufr keltirganlari uchun oxiratda Alloh taolo tomonidan ularga beriladigan shiddatli azobni tortadilar.
Mazkur maʼnolar oʻtgan ummatlar hayotida qanday voqe boʻlganining baʼzi qissalari quyida keladigan oyatlarda bayon etiladi.
Albatta, bundan keyingilarning oʻrnak olishlari maqsad qilinadi.