QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yunus surasi · Oyatсураси · Оят71

۞ وَٱتْلُ عَلَيْهِمْ نَبَأَ نُوحٍ إِذْ قَالَ لِقَوْمِهِۦ يَـٰقَوْمِ إِن كَانَ كَبُرَ عَلَيْكُم مَّقَامِى وَتَذْكِيرِى بِـَٔايَـٰتِ ٱللَّهِ فَعَلَى ٱللَّهِ تَوَكَّلْتُ فَأَجْمِعُوٓا۟ أَمْرَكُمْ وَشُرَكَآءَكُمْ ثُمَّ لَا يَكُنْ أَمْرُكُمْ عَلَيْكُمْ غُمَّةً ثُمَّ ٱقْضُوٓا۟ إِلَىَّ وَلَا تُنظِرُونِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularga Nuhning xabarini tilovat qilib ber. Vaqtiki u o`z qavmiga: «Ey qavmim, agar sizlarga mening maqomim va Allohning oyatlari ila eslatishim og`ir kelayotgan bo`lsa, bas, men Allohga tavakkal qildim. Siz sherik keltirganlaringiz bilan birgalikda o`z ishingizni bilaveringlar. Yana, ishlaringiz o`zingiz uchun noaniq bo`lib qolmasin. So`ngra, menga nisbatan hukmingizni ijro etaveringlar, menga muhlat bermanglar.Уларга Нуҳнинг хабарини тиловат қилиб бер. Вақтики у ўз қавмига: «Эй қавмим, агар сизларга менинг мақомим ва Аллоҳнинг оятлари ила эслатишим оғир келаётган бўлса, бас, мен Аллоҳга таваккал қилдим. Сиз шерик келтирганларингиз билан биргаликда ўз ишингизни билаверинглар. Яна, ишларингиз ўзингиз учун ноаниқ бўлиб қолмасин. Сўнгра, менга нисбатан ҳукмингизни ижро этаверинглар, менга муҳлат берманглар.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ularga Nuh haqidagi xabarni tilovat kiling, u qavmiga (bunday) degan edi: «Ey qavmim, agar sizlarga (orangizda uzoq yillar yashab) turganligim va Alloh oyatlarini eslatishim ogʻirlik qilgan boʻlsa, bas, men Allohning Oʻziga suyandim — tavakkul qildim. Endi butlaringiz bilan birga bilgan ishlaringizni qilaveringlar. Keyin qilayottan ishlaringiz oʻzlaringizga maxfiy boʻlib qolmasin (yaʼni, bemalol, oshkor ish tutaveringlar, men parvo qilmayman), soʻngra menga nisbatan (xohlagan) hukmingizni ijro etaveringlar va menga muhlat ham bermanglar.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), уларга Нуҳ ҳақидаги хабарни тиловат килинг, у қавмига (бундай) деган эди: «Эй қавмим, агар сизларга (орангизда узоқ йиллар яшаб) турганлигим ва Аллоҳ оятларини эслатишим оғирлик қилган бўлса, бас, мен Аллоҳнинг Ўзига суяндим — таваккул қилдим. Энди бутларингиз билан бирга билган ишларингизни қилаверинглар. Кейин қилаёттан ишларингиз ўзларингизга махфий бўлиб қолмасин (яъни, бемалол, ошкор иш тутаверинглар, мен парво қилмайман), сўнгра менга нисбатан (хоҳлаган) ҳукмингизни ижро этаверинглар ва менга муҳлат ҳам берманглар.

217-sahifa · 11-juz · 22-hizb217-саҳифа · 11-жуз · 22-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
۞ وَٱتْلُva tilovat qilib berва тиловат қилиб берعَلَيْهِمْulargaуларгаنَبَأَxabariniхабариниنُوحٍNuhningНуҳнингإِذْvaqtikiвақтикиقَالَu dediу дедиلِقَوْمِهِۦoʻz qavmigaўз қавмигаيَـٰقَوْمِey qavmimэй қавмимإِنagarагарكَانَboʻlsaбўлсаكَبُرَogʻir kelayotganоғир келаётганعَلَيْكُمsizlargaсизларгаمَّقَامِىmening maqomimменинг мақомимوَتَذْكِيرِىva eslatishimва эслатишимبِـَٔايَـٰتِoyatlari ilaоятлари илаٱللَّهِAllohningАллоҳнингفَعَلَىbas, -gaбас, -гаٱللَّهِAllohАллоҳتَوَكَّلْتُmen tavakkal qildimмен таваккал қилдимفَأَجْمِعُوٓا۟bas, jamlab qaror qilinglarбас, жамлаб қарор қилингларأَمْرَكُمْoʻz ishingizniўз ишингизниوَشُرَكَآءَكُمْva sheriklaringiz bilanва шерикларингиз биланثُمَّsoʻngraсўнграلَاemasэмасيَكُنْboʻlib qolmasinбўлиб қолмасинأَمْرُكُمْishlaringizишларингизعَلَيْكُمْoʻzingizgaўзингизгаغُمَّةًۭnoaniqноаниқثُمَّsoʻngraсўнграٱقْضُوٓا۟hukmingizni ijro etinglarҳукмингизни ижро этингларإِلَىَّmenga nisbatanменга нисбатанوَلَاva emasва эмасتُنظِرُونِmenga muhlat bermanglarменга муҳлат берманглар
TafsirТафсир

Ey Muhammad, oʻz vaqtida Nuh alayhissalom ham senga oʻxshab qavmiga Paygʻambar boʻlib kelgan edi. Sen bilan qavming oʻrtasidagi holat ularning ham boshidan kechgan. Sening qavming ichidan ham Nuh qavmidagiga oʻxshash sarkashlar chiqdi. Ular Allohning qudratiga dalolat qiluvchi turli oyat–belgilardan oʻrnak olmayaptilar. Endi sen:

«Ularga Nuhning xabarini tilovat qilib ber».

Shoyad, bu xabarni eshitganlaridan keyin koʻzlari ochilsa.

«Vaqtiki u oʻz qavmiga...»

Yaʼni, Nuh alayhissalom qavmida sarkashlikni koʻrganidan keyin ularga:

«Ey qavmim, agar sizlarga mening maqomim va Allohning oyatlari ila eslatishim ogʻir kelayotgan boʻlsa, bas, men Allohga tavakkal qildim», dedi.

Yaʼni, sizlarning orangizda Paygʻambarlik maqomida turishim hamda sizlarga dinu diyonat ishlarini, dunyo va oxirat hukmlarini Allohning oyatlari ila eslatishim ogʻirlik qilib oʻzingizni shunday nomaʼqul tutayotgan boʻlsangiz, unda mening sizlar bilan ishim yoʻq. Men Alloh taologa tavakkal qildim.

«Siz sherik keltirganlaringiz bilan birgalikda oʻz ishingizni bilaveringlar.»

Modomiki, Allohning amri sizga yoqmay, unga turli narsalarni sherik qilyapsizmi, sherik qilgan narsalaringiz bilan birgalikda ish koʻraveringlar. Oramiz ochiq. Qoʻlingizdan kelgan chora-tadbirlarni qilaveringlar:

«Yana, ishlaringiz oʻzingiz uchun noaniq boʻlib qolmasin».

Hamma narsa ochiq-oydin boʻlsin. Shubha va ikkilanishlarga hech qanday oʻrin qolmasin. Yaxshilab oʻylab koʻring.

«Soʻngra, menga nisbatan hukmingizni ijro etaveringlar, menga muhlat bermanglar.»

Men Allohga iymon keltirgan odamman. Hech kimdan qoʻrqmayman.

Men Allohga tavakkal qilgan odamman. Boshqaga suyanmayman.

Mening qalbim va butun vujudim ishonchga toʻliq.

Men nima uchun yashayotganimni ham yaxshi bilaman, nima uchun oʻlishim kerakligini ham yaxshi bilaman.

Menga muhlat ham bermanglar. Qoʻlingizdan nima kelsa, qilaveringlar.

Yana bilib qoʻyinglarki:

«Bas, agar yuz oʻgirsangiz, men sizlardan ajr soʻraganim yoʻq».

Hidoyatga yurmay, yuz oʻgirib ketadigan boʻlsangiz, ketavering. Men bu ish uchun sizdan ajr–haq soʻrayotganim yoʻq. Men siz gumon qilayotgan oʻsha ajrdan mahrum ham boʻlib qolmayman. Hidoyat yoʻlida qilgan xizmatim uchun:

«Mening ajrim faqatgina Allohdan».

Men Uning amri ila, Uning roziligi uchun harakat qilmoqdaman. Shu bois, ajrini ham faqat Undangina kutaman.

«Va men musulmonlardan boʻlishga amr qilinganman.»

Shuning uchun, butun vujudim ila Unga taslim boʻlganman.

Nuh alayhissalom bu soʻzlarni ixlos bilan, qavmimga taʼsir qilarmikan, degan niyatda aytdilar. Lekin nima boʻldi? Taʼsir qildimi? Bu savolga javobni keyingi oyati karimadan olamiz: